Sport | 13:08 / 09.04.2019
10184
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik 13 yoshli shaxmatchi FIDe ustasi unvonini oldi

O‘zbekistonlik 13 yoshli shaxmatchi Umida Omonovaga FIDE ustasi unvoni berildi. Shu tariqa u O‘zbekiston tarixida ushbu unvonni qo‘lga kiritgan eng yosh ayol masterga aylandi.

Jahon chempionati sovrindori hisoblanuvchi Omonova ayni kunlarda Shri-Lankaning Kalutara shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashmoqda.

Ma'lumot uchun, 2006 yilda tug‘ilgan Umida Omonova – o‘z yosh toifasida O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchisi sanaladi. U o‘z yosh toifasida rapid va blits yo‘nalishida jahon chempioni, standart yo‘nalishida esa jahon vitse-chempioni hisoblanadi. Shuningdek, Umida rapid va blits yo‘nalishida o‘quvchilar o‘rtasida Osiyo chempionatining mutlaq chempioni hamdir.

Omonova jahon reytingida o‘z yosh toifasidagi shaxmatchilar orasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid