Gruziya banki Payme’ning nazorat paketini 5,5 mln dollarga sotib oldi
Gruziyaning TBC Bank’i O‘zbekistonda Payme brendi ostida faoliyat yurituvchi «Inspired» MChJning 51 foiz aksiyalarini 5,5 mln dollarga sotib oldi. Bu haqda bank saytida ma'lum qilindi.
TBC Bank qolgan 49% aksiyalarni ehtimoliy sotib olish to‘g‘risida bitim ham tuzdi. Payme 10,8 mln dollarga baholandi.
«Bu bizga mamlakatdagi katta mijozlar bazasiga darhol kirish va Gruziyadagi asosiy raqamli afzalliklarni o‘zbek bozoridagi innovatsiyalar uchun qo‘llash imkonini beradi», - dedi TBC Bank rahbari Vaxtang Butsxrikidze.
Uning so‘zlariga ko‘ra, servisni sotib olish O‘zbekistonda rejalashtirilgan kengayishga qaratilgan qadamdir.
Gruziya banki xabarida qayd etilishicha, hozirgi menejyerlar Payme’da qoladi va kompaniya strategiyasini ishlab chiqishni davom ettiradi.
Payme O‘zbekistonda to‘lov xizmatlari ko‘rsatuvchi yetakchi operatorlardan biri bo‘lib, bugungi kunda 1,3 mln mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Gruziya tomoni ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Payme mijozlari soni 70 foizga oshdi, daromad va sof foyda esa mos ravishda 41,9 foiz hamda 24,5 foizga o‘sdi.
«2018 yil oxirida Payme’ning umumiy aktivlari 700 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, umumiy daromad va soliqlar to‘languniga qadar foyda mos ravishda 1,6 mln dollar hamda 800 ming dollardan oshdi», - deya ta'kidlab o‘tishgan TBC Bank’da.
Mavzuga oid
12:00 / 18.07.2024
Uklon va Payme kompaniyalari Toshkentdagi taniqli shaxslarni tajriba o‘tkazishga, bir necha kun naqd pulsiz yashashga taklif qildi
18:57 / 22.01.2024
“Pul va vaqtimni yo‘qotyapman”: qanday qilib xarajatlarni kamaytirib, to‘lovlar vaqtini tejash mumkin?
19:00 / 28.11.2023
Payme Business yangi oflayn biznes hamkorlari uchun 6 oylik bepul xizmatni taklif etadi
17:17 / 17.10.2023