Jamiyat | 09:24 / 11.04.2019
8249
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda gaz to‘ldirilgan 25ta sharning portlashi oqibatida bir kishi shifoxonaga olib ketildi

Illyustrativ foto

2019 yil 9 aprel kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li mavzesida joylashgan 40-uyning 27-xonadonida chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga 1 ta yong‘in o‘chirish ekipaji tekshiruvga chiqarilgan. Jangovar ekipaj chaqirilgan manzilga yetib borganda, yong‘in alomatlari yo‘qligi aniqlangan.

Bildirilishicha, ushbu xonadonda tug‘ilgan kun nishonlanishi munosabati bilan olib kelingan 25 dona yonuvchi gaz bilan to‘ldirilgan sharlar tortning ustidagi yonib turgan shamlarning ta'siridan yorilgan.

Qayd etilishicha, hosil bo‘lgan chaqnash oqibatida 16 yoshlik fuqaro M.G. kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Mavzuga oid