Jimmi Karter Trampning qo‘ng‘irog‘i haqida gapirdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining 39-prezidenti Jimmi Karter so‘zlariga ko‘ra, mamlakat amaldagi yetakchisi Donald Tramp Xitoy haqida gaplashish maqsadida unga qo‘ng‘iroq qilgan. Bu haqda Mediate manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident Karter yakshanba maktabida Tramp o‘ziga qo‘ng‘iroq qilgani va ular Xitoy haqida gaplashishgani haqida aytib o‘tgan.
«Karter Tramp Xitoy bizdan oldinda ekanidan tashvishdaligi haqida aytib berdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi manba.
Bundan tashqari, Karterning ta'kidlashicha, bu Tramp bilan ularning birinchi suhbati bo‘lgan.
Bundan oldin, Jimmi Karter Trampga yordam berish uchun KXDRga borishga tayyor ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:05 / 20.02.2023
Jimmi Karter davolanishdan bosh tortib, hospis yordamini tanladi
21:13 / 25.06.2020
Venesuelada Maduroning Tramp bilan uchrashishga tayyorligi ma'lum qilindi
16:04 / 24.06.2020
Tramp Boltonni qamash va pullarini musodara qilishni taklif qildi
11:05 / 24.06.2020