O‘zbekiston | 20:43 / 16.04.2019
5831
1 daqiqa o‘qiladi

Eksportni rag‘batlantirish hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentliklariga rahbarlar tayinlandi 

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga rahbarlar tayinlandi. 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Olimjon Kamilovich Qayumov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining direktori etib tayinlandi.

Shuningdek, Qahramon Yusufxanovich Kamolov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligining direktori etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hay'ati a'zolari tarkibi tasdiqlangandi.

Mavzuga oid