Tojikistonda Rossiyaga pul topgani ketgan harbiy xizmatga chaqiruvchilarning ota-onalari ushlana boshlandi – OAV
Tojikistonning Chorxuk qishlog‘ida respublikaning davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari bahorgi harbiy xizmatga chaqiriq vaqtida Rossiyada ishlab yurgan chaqiriluvchilarning ota-onalarini ushlashdi.
Mutasaddi idoralar bu ota-onalardan farzandlarini Tojikistonga tezda qaytarishni talab qilishgan. Bu haqda “Axbor” nashri xabar berdi. Ta'kidlanishicha, chaqiruv yoshidagi yigitlarning yashash joylari bo‘yicha reydlar avval ham o‘tkazilgan, biroq ish ularning ota-onalari ushlanishigacha hali bormagandi.
12 aprelda Tojikiston islom markazi ulamolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash og‘ir gunoh ekanligi haqida bayonot bilan chiqishgan. Ulamolar harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashda farzandlariga yordam beruvchi ota-onalar ham gunohga botishlaridan ogohlantirishgan.
Tojikiston qurolli kuchlariga bahorgi chaqiruv 1 apreldan 31 maygacha davom etadi. Bu vaqtda armiyaga 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 15 ming yigit chaqiriladi.
Mavzuga oid
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024
Imomali Rahmon bolalar va o‘qituvchilarni o‘zini kutib olish tadbirlariga chaqirishni taqiqladi
08:47 / 30.08.2024