O‘zbekiston | 18:50 / 20.04.2019
43912
3 daqiqa o‘qiladi

Jambul fojiasi: Prezident YTH sabablarini o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi

Qozog‘istonning Jambul oblastida ro‘y bergan va o‘zbekistonlik yo‘lovchilar o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan hamkorlikda barcha zarur harakatlar amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi xodimlari jabrlanganlar yotqizilgan shifoxonada bo‘lib turishibdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibi favqulodda vaziyatlar, tashqi ishlar, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar vakillaridan iborat.

Komissiya a'zolari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishini tashkil qilish va YTH sabablarini o‘rganish maqsadida voqea joyiga yetib borgan.

Hukumat komissiyasiga Qozog‘iston tomoni bilan kelishilgan holda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni vatanga olib kelish, ularning oilalariga zarur yordam ko‘rsatishni tashkil etish vazifasi topshirilgan.

«20 aprel shanba kuni tonggi soat 05:09da Qozog‘istonning Jambul viloyati Qorday tumanidagi «Chimkent-Olma-ota» trassasining 181-kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Avtobusda 49 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida 11 kishi halok bo‘lgan. Ularning uch nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir: 1993 yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug‘ilgan Abduxoliqov O‘rinboy Mirhamid o‘g‘li; 1972 yilda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan Yormekboyeva Dilorom Abduxoliqovna; 1988 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan Kalmuratov Alisher Safarbayevich.

32 nafar kishi turli darajadagi tan jarohati olgan, ularning 13 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. Jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda qolmoqda», deyiladi FVV tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan axborotda.

Mazkur yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati:

Abduxaliqov O‘rinboy Mirxamitovich, 1993 y.t.;
Kalmuratov Alisher Saparbayevich, 1988 y.t.;
Yermekbayeva Dilorom, 1972 y.t.;

Tan jarohati olganlar ro‘yxati:

O‘ljabayev Abbos, 1994 y.t;
Xayitbayev Omirbek, 1988 y.t;
Abdusatirov Zavodbek, 1999 y.t;
Jumaniyozov Marhamat 1996 y.t; (og‘ir ahvolda)
Axmetova Radmila, 1994 y.t.; (og‘ir ahvolda)
Matirjonov Otabek Abdullevich, 1985 y.t.;
Seytmuratov Dosjan Dauletovich, 1987 y.t.;
Haydarov Sardar Amarbekugli, 1994 y.t.;
Ilyasov Maris, 1974 y.t.; (og‘ir ahvolda)
Islameddinov Abduxattar ugly, 1997 y.t.;
Mombetov Nasreddin, 1971 y.t.;
Japarov Shodlik Maxsudovich, 1984 y.t.; 

Mavzuga oid