O‘zbekiston | 17:10 / 24.04.2019
19916
2 daqiqa o‘qiladi

Portalga doimiy propiska rejimini bekor qilish haqidagi petitsiya joylashtirildi. U hozircha ovozga qo‘yilmayapti

Huquqshunos Xushnud Xudayberdiyev «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risidagi murojaat joylashtirdi.

U o‘zining telegramdagi kanalida ushbu petitsiyani e'lon qilishdan maqsadiga izoh bergan.

«Ko‘p ishlar aslida kutilmaganda, tasodifan ro‘y beradi. Masalan, bugun «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga mas'ullardan biri portalni ko‘proq targ‘ib qilsak jamiyat uchun foydali bo‘lishi, huquqiy instrumentlar orqali ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkinligini aytib qoldi.
 
Shundan so‘ng, portal qanday ishlashini tekshirish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risida jamoaviy murojaat joyladim.

5 kishi qo‘llab-quvvatladi, hozir ekspertiza jarayonida, hali ovozga qo‘yilmadi. O‘sha murojaatga qoldirilgan izohda aytilishicha, bu kabi petitsiyalar moderator tomonidan ilgari rad qilingan ekan.
 
Qiziq, qaysi asos bilan? Agar shunaqa petitsiyalarni o‘tkazishmasa, unda bu portalning nima keragi bor? Amalda tekinga tonirovka qilishga ruxsat so‘rab, natijada 16 mln so‘m haq evaziga ruxsat olishga erishish uchunmi?
 
Ko‘ramiz, nima bo‘larkin. Menimcha, rad qilishmasa kerak», deya ishonch bildirgan bloger-huquqshunos.

Mavzuga oid