Boks bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekiston medallar soni bo‘yicha nechanchi o‘rinda?
Bangkokda 19 apreldan boshlangan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim final janglari ortda qoldi. Kun.uz musobaqaning hal qiluvchi bahslari oldidan turnirga doir ayrim faktlarga to‘xtalib o‘tadi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining 10 a'zosidan 5 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, bu – barcha jamoalar orasida eng yaxshi natija.
Finalda Qozog‘iston va Hindiston termalaridan 4 nafardan vakil qatnashadi, Janubiy Koreyadan esa ikki bokschi oltin medal uchun imkoniyatni saqlab qolgan. Yana beshta mamlakatning bir nafardan sportchilari hal qiluvchi janglarda ishtirok etadi.
Finalchilar:
5 – O‘zbekiston
4 – Qozog‘iston, Hindiston
2 – Janubiy Koreya
1 – Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Iordaniya, Yaponiya, Filippin
Bronza medallari:
3 – Qozog‘iston, Hindiston, Mo‘g‘uliston
2 – Qirg‘iziston, Xitoy
1 – O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Iordaniya, Suriya, Yaponiya, Filippin
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda umumiy medallar soni bo‘yicha birinchilik Qozog‘iston va Hindistonga tegishli – ushbu mamlakatlarning 7 nafardan bokschisi chempionatni medal bilan yakunlamoqda. O‘zbekistonliklardan esa 6 vakil Osiyo chempionati sovrindoriga aylangan.
Jami medallar soni bo‘yicha:
7 – Qozog‘iston, Hindiston
6 – O‘zbekiston
4 – Mo‘g‘uliston
2 – Qirg‘iziston, Iordaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Filippin
1 – Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Suriya
O‘zbekiston terma jamoasi:
Finalchilar: Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg), Bobo–Usmon Baturov (-69 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg)
Bronza medali sohibi: Shukurjon Rahimov (-60 kg)
Chorak finalchilar: Hasanboy Do‘smatov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-64 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Dilshod Ro‘zmatov (-81 kg)
Final bellashuvlari ertaga, 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00dan boshlanadi. Unda O‘zbekiston vakillari quyidagi raqiblarga qarshi ringga ko‘tariladi.
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Dipak (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Kavinder Singx Bisht (Hindiston)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov - Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)
Qayd etish kerak, bu galgi Osiyo chempionati ilk marotaba erkaklar va ayollar turnirlarini birlashtirgan holda o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 9ta vazn toifasida ishtirok etdi. Ushbu 9 sportchidan 3 nafari: Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg), Maftuna Meliyeva (-64 kg) va Shahnoza Yunusova (-69 kg) bronza medali sohibi bo‘lishdi.
Final ishtirokchilari (ayollar):
7 – Xitoy
4 – Xitoy Taypeyi
2 – Hindiston, Vetnam, KXDR
1 – Janubiy Koreya, Filippin, Tailand
Bronza medallari (ayollar):
4 – Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Hindiston
3 – O‘zbekiston
2 – Xitoy Taypeyi
1 – Xitoy, KXDR, Vetnam
Umuman, qit'a birinchiligi 34 mamlakatdan 304 nafar atletni qamrab olib (192 nafar erkak va 112 nafar ayol bokschilar), bu borada rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. 34 terma jamoadan 18tasining vakillari sovrindorlar safidan joy olishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Osiyo chempionati shu yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga hech qanday yo‘llanma bermaydi. Xalqaro boks federatsiyasining yangi tizimiga ko‘ra, jahon chempionati va Olimpiada uchun alohida lisenzion musobaqa tashkil qilinadi. Qolaversa, o‘tgan yili AIBA tomonidan Tokio Olimpiadasi uchun boks bahslarida yangi vazn toifalari joriy etilgan.
Ma'lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschilar 1995 yildan boshlab qit'a chempionatida ishtirok etib kelishadi, hozirgacha 4 marta (1999, 2002, 2007 va 2017 yillari) umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgan. Rekord ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 10ta vaznning 9tasida O‘zbekiston vakili oltin medalga sazovor bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:32 / 26.04.2019
Bahodir Jalolov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi. O‘zbekiston Osiyoda yana tengsiz
15:00 / 26.04.2019
Osiyo chempionati. Sanjar Tursunov kumush medal bilan kifoyalandi
13:20 / 26.04.2019
Bobo-Usmon Baturovda ham oltin medal, O‘zbekiston muddatidan oldin birinchi o‘rinni kafolatladi
12:00 / 26.04.2019