O‘zbekiston | 16:33 / 29.04.2019
8984
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga e'lon qilingan boykot 2020 yil boshida bekor qilinishi mumkin

Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi yirik brendlarning O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan boykotini 2020 yil boshida bekor qilishi mumkin, deb ma'lum qildi «O‘zto‘qimachiliksanoat» boshqaruv raisi Ilhom Haydarov.

«Hozirda paxta mahsulotiga nisbatan e'lon qilingan boykot bekor qilinishi uchun kichik detallar qoldi. Hamkorlarimiz bu 2020 yil boshida yuz berishi mumkinligini aytishdi», – dedi Haydarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlar bu yilgi hosilni ham kuzatishni istashmoqda. Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni AQSh Mehnat departamenti O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani majburiy yoki bolalar mehnati vositasida yetishtirilgan mahsulotlar «qora ro‘yxati»dan chiqargandi

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning fevralida dunyodagi mashhur 310 brendni birlashtirgan Cotton Campaign O‘zbekiston hukumati rasmiylari bilan uchrashgan, 2018 yilda O‘zbekiston paxta dalalarida mehnatga majburlash holatlari keskin kamayganini e'tirof etgan holda, to‘liq va batamom barham berilmaganini bildirgan, hukumat majburiy mehnatni tugatish borasida sezilarli ishlar qilgan bo‘lsa-da, uni tugatolmagani uchun o‘zbek paxtasiga bo‘lgan boykotni o‘z kuchida qoldirgandi.

Mavzuga oid