Juda kech bo‘lmasidan avval o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan 25 hayotiy saboq
Biror narsa deyishdan avval yaxshilab o‘ylang va ota-onangizga ko‘proq quloq soling.
Kris Xyord
Tadbirkor va bloger Medium uchun karera va shaxsiy rivojlanish haqida yozadi.
25. Vaqtingizni tejang
Vaqt – eng qimmatli resurs. Uni bekorga sarflamaslikka harakat qiling, ijtimoiy tarmoqlar va televizor oldida kamroq o‘tirishga harakat qiling, axir sarflangan vaqtni ortga qaytarish imkonsiz.
24. Hayotni keyinga qoldirmang
Keyinchalik xotirlashga sabab bo‘lishi uchun yashang. Sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullaning va vaqtingizni sevimli insonlaringiz bilan o‘tkazing. Yoqimsiz kishilarga chidab umr o‘tkazishdan hech qanday foyda topmaysiz.
23. Gapirishdan oldin o‘ylang
So‘zlar bilan kishining ko‘nglini sindirish mumkin, shunday ekan, ularni sinchkovlik bilan tanlang.
22. Harakat qilishdan avval o‘ylang
Xatti-harakatlaringizni o‘ylashga vaqt sarflash keyingi afsus-nadomatlarning oldini oladi.
21. Alkogoldan voz keching
U fikrni chalg‘itadi va vaqtni yaxshi o‘tkazish uchun bo‘lishi shart emas.
20. Ota-onangizga quloq soling
Ularning maslahati u qadar yomon emas.
Maktab yillari hayotdagi eng yaxshi davr.
Agar qat'iyat bilan bilim olsangiz, keyinchalik buning samarasini ko‘rasiz.
Do‘stlaringizni sinchkovlik bilan tanlang. Notiq va yozuvchi Jim Ron aytganidek, «siz vaqtingizning ko‘p qismini birga o‘tkazadigan besh nafar odamning o‘rtacha arifmetik yig‘indisidan iboratsiz».
Nima bilan shug‘ullanmang, doimo bor kuchingizni sarflang.
Odamlarga ular sizga qanday munosabatda bo‘lishlarini istasangiz, shunday aloqada bo‘ling. Ana o‘shanda albatta ularning hurmatiga sazovor bo‘lasiz.
Odamlar bir vaqtning o‘zida turlicha va bir xil. Irq, madaniyat, jinsimizdan qat'i nazar, tengmiz.
19. Xobbiga ega bo‘ling
Xobbi — qiziqishlar uzoq umr va farovonlik garovidir.
18. Pul jamg‘aring
Har hafta yoki oyda oz-ozdan pul jamg‘arib boring. Moliyaviy barqarorlik kamroq xavotirlanish imkonini beradi.
17. Doimo biror yangi narsa o‘rganing
Doimiy ravishda kitob o‘qish va podkastlar tinglash orqali yangi narsalarni o‘rganing. Kuniga bir soat davomida mutolaa qilish orqali yetti yildan keyin o‘zingiz tanlagan sohada yetuk mutaxassisga aylanasiz (bilimingizning dastlabki darajasi qanday bo‘lishidan qat'i nazar). Albatta, buning uchun qat'iyat va doimiylik zarur, biroq vaqt o‘tishi bilan bu odatga aylanadi.
16. Ko‘pchilik ortidan ergashmang
Agar hamma biror narsa bilan shug‘ullansa, siz boshqa yo‘nalishni tanlang. Axir raqobatchilar kamroq bo‘lganida muvaffaqiyatga erishish va yuqori marralarni zabt etish ancha oson. Botir bo‘ling, tavakkal qiling va yangi imkoniyatlarni izlang. G‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashing va o‘zgalar fikriga quloq soling.
15. Mashq qiling
Muayyan sohada mohirlikka erishish uchun 10 ming soat mashq qilish kerak deb hisoblanadi. O‘nta turli fanga 1000 soat vaqt sarflash yanada yaxshiroq: o‘shanda bir vaqtning o‘zida bir necha sohadagi bilimlarga ega bo‘lasiz. Bu esa yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
14. Sizdan yaxshiroq bo‘lganlar bilan musobaqalashing Ulardan ko‘proq narsani o‘rganishingiz va amaliyotda qo‘llaydigan usullarni qo‘llashingiz mumkin. Faqat yangiliklar ortidan quvsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy berishingiz mumkin.
13. O‘zingizga kamroq vaqt bering
Biror loyihani yakunlash uchun o‘zingizga kamroq vaqt bering. Ana shunda ijodiy yondashuvni qo‘llash va muammoni hal etishning yangi usullarini izlashga to‘g‘ri keladi.
12. O‘z oldingizga maqsadlar belgilang
Maqsadlarni yozganda ularga erishish ehtimolini oshiramiz. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni yozib boring va muvaffaqiyatlaringizni kuzatib boring: bu olg‘a harakat qilish uchun ishtiyoq beradi.
11. Tanishlar orttiring
Ilk qadamni amalga oshiring. Yangi odamlar bilan muloqot qiling. Mashhurlik va muvaffaqiyatga erishganlardan ham maslahat so‘rashga cho‘chimang. So‘ramasangiz, hech qachon bilmaysiz. Axir «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim».
10. Sayohat qiling
Sayohatlar hayotimizni boyitadi, dunyoqarashni kengaytiradi, yangi an'ana va madaniyatlar bilan tanishtiradi, o‘zgalarni yaxshiroq tushunishda yordam beradi. Mamlakatdagi muhitni his etish uchun esa katta mehmonxonalarda qolmang (plyaj va hovuzlar butun dunyoda bir xil).
9. Doimiy ravishda komillikka intiling
Har kuni biror sohada bilimlaringizni takomillashtirishga harakat qiling. Batamom o‘zgarish shart emas, har kuni hech bo‘lmaganda bir foizga yaxshilanish yetarli. Ana o‘shanda vaqt o‘tishi bilan katta natijalarga erishasiz. Muhimi – bari o‘z-o‘zidan hal bo‘lishini kutmang. Yaxshiroq insonga aylanish uchun harakat qilish zarur. Qo‘l qovushtirib o‘tirgan odam hech qachon muvaffaqiyatga erishmagan.
8. Ishongan insonlaringizni kuzating
Ofisdagi fitnalarni hech kim bekor qilgani yo‘q. Ishdagi «nomaqbul guruhlarga» qo‘shilib, karerangizga putur yetkazishingiz mumkin.
7. O‘zingizga ustoz toping
Nimaga e'tibor qaratish, nimalarni chetlab o‘tish haqida maslahat bera oladigan ustozni topa olish muhim.
6. Pul ishlab topishni biror yangi narsani o‘rganishdan ustun qo‘ymang
Kareraning boshida o‘z sohangizda tajriba orttirish, kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish va yangi narsalarni o‘rganish muhim. Bu kelajakda o‘zini albatta oqlaydi.
5. Muayyan sohani juda erta tanlamang
Turli sohalarni o‘rganing va o‘zingiz uchun «qalbingiz jiz etgan» sohani tanlashga imkon bering.
4. Omadli vaziyatni kutmang
Bilim va tajribangiz kerakli odamlarni sizga tortishini kutmang. Buning o‘rniga yangi tanishlar orttiring va yangi imkoniyatlarni izlang
3. Xorijiy til o‘rganing
Bitta tilni bilish albatta yaxshi, biroq xorijiy tilni o‘rganish nafaqat yangi insonlar bilan muloqot qilish va dunyoqarashni kengaytirish imkonini beradi, balki sizni aqlliroq odamga aylantiradi (miyada yangi neyron yo‘llar paydo bo‘lishi hisobiga).
2. Ishdan keyingi soatlarda ishlamang
Bo‘sh vaqtni qadrlang va ishxonada yarim tunga qadar qolib ketmang. Bu hamkasblarning sizga bo‘lgan hurmatini oshirishda yordam bermaydi, bundan tashqari ishdan boshqa hech nimaga ulgurmayotganingiz borasida afsuslanasiz.
1. O‘zingizga ishoning
Ko‘pincha o‘zimizga bo‘lgan ishonchning yetishmasligigina imkoniyatlarimizni cheklaydi. Atrofdagi narsalarning bari o‘zimizga o‘xshagan odamlar tomonidan yaratilgan. Shunday ekan, o‘zingizga ishoning, orzu qiling, ijod bilan mashg‘ul bo‘ling va dunyoni o‘zgartiring.
Mavzuga oid
12:13 / 19.09.2023
Bolalar milliy tibbiyot markazida onlayn maslahat berish yo‘lga qo‘yildi
10:50 / 08.08.2023
Aeroportda nimalar qilmaslik kerak? Styuardessa maslahatlari
11:07 / 13.05.2023
“O‘z qizimning qotiliga aylanishim mumkin edi” – pushaymon ota hikoyasi
09:13 / 14.04.2023