O‘zbekiston | 14:21 / 30.04.2019
12455
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Akixitoga minnatdorlik bildirdi

Foto: REUTERS / Issei Kato/File Photo

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiya imperatori Akixitoga maktub yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari o‘z maktubida imperator Akixitoning “Xeysey” deb nom olgan hukmronlik davri butun dunyoda ulkan muvaffaqiyatlar – Yaponiya mustahkam tinchlik va har tomonlama taraqqiyotga erishgan, iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar qatoriga kirgan, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalgan davr bo‘lganini ta'kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatoriga O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, hurmat va ishonch asosida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan shaxsiy e'tibori va ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid