Filippinda “Qasoskorlar” filmining “qaroqchi” nusxasi televideniyeda namoyish qilindi
Filippinning Orient Cable kabel televideniyesi operatori 25 aprelda ekranlarga namoyishga chiqqan “Qasoskorlar: Intiho” filmining o‘g‘irlangan nusxasini efirda namoyish qildi.
Ma'lum qilinishicha, “qaroqchi” nusxa filmning kinoteatrlardagi premerasining ertasi kuniyoq namoyish qilingan. Yangi filmning Filippindagi namoyishi bilan shug‘ullanayotgan Teatro de Dapitan kompaniyasi bu holat bo‘yicha politsiyaga murojaat qilgan. Shundan keyin Orient Cable “Qasoskorlar”ni Kapitan Amerikaga o‘xshash mahalliy qahramon haqidagi filmga o‘zgartirgan.
Teatro de Dapitan kabel televideniyesi operatori bilan sudlashmoqchi.
Box Office Mojo sayti ma'lumotlariga ko‘ra, 25 apreldan shu kungacha “Qasoskorlar”ning yangi qismi xalqaro prokatda 1,48 mlrd dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:18 / 05.09.2024
Filippinda asteroid qulab tushdi (video)
20:14 / 31.08.2024
Xitoy va Filippin kemalari bahsli hududda bir-biri bilan to‘qnashib ketdi
22:05 / 21.08.2024
Xitoy foydasiga josuslikda ayblangan Filippin sobiq meri mamlakatdan qochib ketdi
08:25 / 19.08.2024