Toshkentda «Davr bank»ning ikki xodimi o‘nlab million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi
Avvalroq Nuz.uz saytida «Davr bank» xodimlari ko‘p millionli o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olindi. O‘nlab mijozlar ko‘rgan zararlari qoplanishini talab qilishmoqda» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingandi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining bildirishicha, darhaqiqat ichki ishlar organiga Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqarodan ariza kelib tushgan. U o‘z arizasida shu yilning 9 aprel kuni «Davr bank»ning Uchtepa filialiga ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgani va dastlabki to‘lov sifatida 75 mln so‘m to‘laganini, ammo bu mablag‘ quruvchi tashkilot hisobiga tushmaganligini bildirgan.
Keyinroq ichki ishlar organlari xuddi shu mazmundagi ariza bilan yana yigirma kishi murojaat qilgan. Ularning barchasi kredit olish yoki bankda shaxsiy hisob raqami ochish masalalari bo‘yicha murojaat qilishgan. Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB FMB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanib «Davr bank»ning Uchtepa filiali ikki hodimi qo‘lga olingan.
1 may kuni ularga ayblov e'lon qilingan va o‘sha kunning o‘zida ayblanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan hibsga olish ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llash ajrimi chiqarilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
10:00 / 10.12.2024
Moliyaviy firibgarliklarning oldini olishda antifrod tizimlarning roli qanday?
18:45 / 21.11.2022