Sport | 19:17 / 08.05.2019
26841
1 daqiqa o‘qiladi

Sud Kokorin va Mamayev ishi bo‘yicha hukm chiqardi

Foto: Chempionat

Bugun, 8 may kuni Moskvada «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirill, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va bolalar futboli murabbiyi Aleksandr Protasovitskiy ishi bo‘yicha sud ishi yakunlandi.

Presnya sudi hukmiga asosan, aka-uka Kokorinlar 1 yil-u 6 oy, Mamayev va Protasovitskiy 1 yil-u 5 oy muddat umumiy tartibli koloniyada jazo o‘tashi belgilandi.

Ayblanuvchilar 2018 yil oktabr oyidan buyon tergov hibsxonasida saqlanayotgani, tergov izolyatoridagi bir kun koloniyadagi 1,5 kunga tenglashtirilgani hisobiga Mamayev va Protasovitskiy 2019 yil noyabr oyida, Kokorinlar esa dekabrda ozodlikka chiqishadi.

Jinoiy ish figurantlari 2018 yil 8 oktabr tongida Moskva markazida ro‘y bergan ikkita mushtlashuvda ishtirok etishgan, hodisa oqibatida haydovchi Vitaliy Solovchuk, Minpromtorg departament direktori Denis Pak va «NAMI» ilmiy markazi bosh direktori Sergey Gaysin jarohat olishgan.

Mavzuga oid