Qurilish vaziri tuman hokimiga aylandi
Qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, xalq deputatlari Shayxontohur tumani kengashining 10 may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida To‘xtayevning nomzodi bir ovozdan qabul qilingan.
Ma'lumot uchun, Abduqahhor To‘xtayev 1996-1999 yillarda ham Shayxontohur tumanini boshqargan.
U 2005—2011 yillarda Toshkent shahri hokimi bo‘lgan, 2013—2016 yillarda «O‘zLITIneftgaz» kompaniyasi rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2016 yil kuzida Jizzax shahri hokimi, 2017 yilning aprelida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi. 2018 yilning aprelida esa Abduqahhor To‘xtayev yangi tashkil etilgan Qurilish vazirligiga rahbar bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Shayxontohur tumanining avvalgi hokimi Shuhrat Sanjarovich Muhammadxonov shu yilning aprel oyi boshida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 1-chorak yakunlari bo‘yicha videoselektor davomida ishdan olingandi. U bilan birga hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shuxrat Zakirjanovich Sadikov va soliq inspeksiyasi rahbari Faxriddin Abdunabiyev Umarovich ham lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
13:35 / 25.09.2024
Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:35 / 22.09.2024
Toshkentda ayol yosh bolasini ayovsiz urgani videosi tarqaldi
11:14 / 12.08.2024
Oynalari singan Gentra - Navoiy ko‘chasida ko‘p qavatli uy fasadidagi marmarlar ko‘chib tushyapti
09:15 / 12.07.2024