Buxoroda bir maktabning ikki o‘quvchisi yo‘qolib qoldi
Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug‘ilgan Tillayev Sardorbek Sohib o‘g‘li va Shodmonova Setora Sohib qizi 2019 yil 7 may kuni soat 10:00larda o‘zi tahsil olib kelayotgan 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabdan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Tillayev Sardorbek Sohib o‘g‘li – 2004 yil 14 fevral kuni Vobkent tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti o‘rta. Vobkent tuman «Ko‘lxatib» MFY, Ko‘lxatib-1 qishlog‘ida yashaydi. Tumandagi 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 9-sinfda tahsil oladi.
Shodmonova Setora Sohib qizi – 2001 yil, 4 fevralda Vobkent tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti o‘rta, turmushga chiqmagan. Vobkent tuman «Ko‘lxatib» MFY, Ko‘lxatib qishlog‘ida yashaydi. Tumandagi 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 11-sinfda tahsil oladi.
Qayd etilishicha, bu ikki o‘quvchining bir-biriga qarindoshchiligi yo‘q. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular maktabdan birga chiqib ketishgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, ular viloyatning boshqa tumanlaridagi fermerlardan ish so‘rab, o‘zlarini opa-uka deb tanishtirgan.
Ular bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lganlar (0365) 770-02-75, 332-12-02, +99897 303-94-97 telefon raqamlari orqali yoki yaqin hududdagi ichki ishlar bo‘limiga xabar berishi so‘raladi.
Mavzuga oid
09:22 / 14.09.2020
Buxoroda kislorod ishlab chiqaruvchi uskuna o‘g‘irlandi
14:19 / 12.12.2019
Tanqidga javob: Vobkentdagi avariya holatidagi ko‘prik davlat dasturi asosida qayta ta'mirlanadi
08:00 / 19.05.2019
Yo‘qolib qolgan buxorolik maktab o‘quvchilari Samarqanddan topildi
10:00 / 22.04.2019