Oligarx Igor Kolomoyskiy Ukrainaga qaytdi
Oligarx Igor Kolomoyskiy 16 mayga o‘tar kechasi Ukrainaga qaytdi.
Kolomoyskiy Ukrainani 2017 yil iyunda tark etgan va Shveytsariyada yashagan, so‘ngra 2018 yil sentyabrda Isroilga ko‘chib o‘tgan.
theBabel nashri ma'lumotlariga ko‘ra, tadbirkor Dnepr aeroportiga yetib kelganini tasdiqlagan. “Tadbirkor birinchi navbatda nima bilan shug‘ullanishi haqidagi savolga buni bilmasligini aytgan”, deyilgan xabarda.
2016 yil oxirida Ukraina hukumati asosiy aksiyadori Kolomoyskiy hisoblangan, Ukrainadagi eng yirik xususiy bank – “Privatbank”ni milliylashtirgan. Ukraina moliya vazirligi bankning 100 foiz aksiyasi egasiga aylangan.
Avvalroq Kolomoyskiy bankni qaytarishni istamayotgani, balki sudda adolatga erishib, 2 mlrd dollar kompensatsiya to‘lanishini istayotganini aytgan. Joriy aprel oxirida Kiyev sudi “Privatbank”ning milliylashtirilishini noqonuniy deb topgan.
Kolomoyskiy, shuningdek, Vladimir Zelenskiy inauguratsiyasidan keyin Ukrainaga qaytishga tayyorligini aytgan.
Kolomoyskiy eng boy va nufuzli ukrainalik oligarxlardan biri hisoblanadi. U Pyotr Poroshenkoning prezidentligi vaqtida dastlab Dnepropetrovsk viloyati gubernatori etib tayinlangan, 2015 yilda bu lavozimdan olingan. Keyin 2 yil ichida asosiy aktivlari – “Privatbank” va “Ukrnafta” kompaniyalaridan mahrum etilgan. Ukrainada oligarxga nisbatan bir nechta jinoiy ish ochilgan.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024