O‘zbekiston | 08:15 / 18.05.2019
15066
2 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jakentga ikkita yangi tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi 

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, aholining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2019 yil 18 maydan boshlab, yangi 6427- hamda 6428-sonli Toshkent-Xo‘jakent-Toshkent shaharlararo tezyurar poyezd harakatini yo‘lga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, qatnovlar haftaning shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. «Salar» temir yo‘l bekatidan (Mo‘ljal: «Pushkin» metro bekati) poyezd ertalab soat 06:43da yo‘lga chiqib, Xo‘jakentga soat 08:01da yetib boradi. «Xo‘jakent» stansiyasidan soat 18:13 harakatlangan poyezd soat 19:31da «Salar» bekati («Pushkin» metrosi)ga yetib keladi.

Yo‘lovchilar uchun yana bir afzallik - mazkur tezyurar poyezd yo‘l davomida hech qanday oraliq bekatlarga to‘xtamaydi. Bu esa manzilga tez yetib borishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid