Elnur Abduraimov navbatdagi jangida raqibini nokautga uchratdi
Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni Elnur Abduraimov 18 may kuni kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan «RMK yakkakurashlar akademiyasi» sport saroyida bo‘lib o‘tgan boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Uning Tanzaniya vakili, tajribali Issa Nampepechega (29-9-6, 12 KO) qarshi professional ringdagi beshinchi jangi 6 raundga mo‘ljallangandi va muddatidan avval nihoyasiga yetdi.
Jangning ikkinchi raundida Issa nokdaunga uchragan bo‘lsa-da, jangni davom ettirish uchun o‘zida kuch topa oldi. Ammo 4 raundning 1:36 soniyasida u jangni davom ettira olmasligini bildirdi va hakam texnik nokautni qayd etdi. Natijada Elnur Abduraimov o‘zining beshinchi jangida beshinchi nokautini qayd etdi.
«Bugun Yekaterinburgda jang o‘tkazishimga imkoniyat yaratib bergani uchun RCC Boxing’ga rahmat. Menedjyerimga va murabbiyga alohida rahmat. Jang tomoshabinlar uchun qiziq kechdi, tanzaniyalik raqibim professional ringda 30 jang o‘tkazgan, lekin men uni osonlik bilan mag‘lub etdim. Beshta jangda besh nokautga erishganimmi? Buning hech qanday siri yo‘q, shunchaki zalda qattiq mashg‘ulot qilmoqdaman. Xudo xohlasa, o‘z vaznimdagi barcha chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritmoqchiman!», degan bokschi jangdan keyin.
Mavzuga oid
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024
XOQ va IBA «jangi»: Boks Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan o‘rin olmaydimi?
09:05 / 16.08.2024