Andijonda o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjal aks etgan video bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
2019 yil 18 may kuni Facebook ijtimoiy internet tarmog‘ida Oltinko‘l tumanidagi 41-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari G.J. va M.Yo.ning o‘zaro janjallashganligi aks etgan videolavha bo‘yicha viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari o‘tkazilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, G.J. sinfdoshi M.Yo.ni u haqida sinfdoshlari o‘rtasida turli xil bo‘hton gaplar tarqatganligi sababli sinf xonasida urgan.
G.J.ning otasi Rossiyada ishlayotganligi, onasi esa Turkiya davlatidan kelganiga bir oy bo‘lganligi sababli o‘quvchi nazoratsiz qolganligidan ushbu holat kelib chiqqan.
Hozirda o‘quvchi qizlar qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lib, o‘zaro yarashib olganlar.
Yuqoridagi holatni kelib chiqishiga yo‘l qo‘yganligi uchun Oltinko‘l tuman xalq ta'limi bo‘limi ma'naviy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari, tumandagi 41-umumta'lim maktabi direktori, direktor o‘rinbosari hamda sinf rahbariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024