Google korporatsiyasi Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Xitoy kompaniyasi qurilmalarini nima kutmoqda?
Google korporatsiyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bunga AQSh hukumatining Xitoy gigantini qora ro‘yxatga kiritish haqidagi qarori sabab bo‘ldi.
Nima bo‘ldi?
16 may kuni AQSh savdo vazirligi Xitoyning Huawei telekommunikatsiya kompaniyasi va u bilan aloqador yuridik shaxslarni qora ro‘yxatga kiritishga qaror qildi. Qaror 17 maydan kuchga kirdi.
Shundan so‘ng Google korporatsiyasi Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
Keyinroq Bloomberg agentligi Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom kompaniyalari ham
Huawei kompaniyasiga o‘z mahsulotlarini yetkazib berishni to‘xtatganini ma'lum qildi.
Huawei’ni nima kutmoqda?
O‘zaro hamkorlikning to‘xtatilishi Huawei erkin olish mumkin bo‘lgan mahsulotlardan tashqari, Google’ning barcha texnologiyalari va dasturiy ta'minotidan mahrum bo‘lishini anglatadi.
Masalan, Huawei Android tizimi yangilanishlaridan mosuvo bo‘ladi.
Bundan tashqari, Xitoy kompaniyasi Google dasturlarini, masalan, Google Play va Gmail elektron pochtasini o‘rnata olmaydi.
Huawei qurilmalari egalari nima qiladi?
Google’ning bildirishicha, allaqachon Huawei qurilmalariga ega bo‘lgan foydalanuvchilarda Google Play va Google Play Protect ilovalari ishlashda davom etishini bildirdi.
Mavzuga oid
00:48 / 26.09.2024
Google Yevrokomissiyaga Microsoftʼning raqobatga zid bulutli amaliyoti ustidan shikoyat kiritdi
22:21 / 18.09.2024
Yevropa Ittifoqi sudi Google’ga belgilangan 1,5 mlrd yevrolik jarimani bekor qildi
21:33 / 10.09.2024
Google va Apple milliardlab dollar jarima to‘lash bo‘yicha Yevropa sudida yutqazdi
21:12 / 10.09.2024