O‘zbekiston | 23:25 / 21.05.2019
33950
2 daqiqa o‘qiladi

Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar qildi.

U 2017 yilning 7 iyunidan buyon Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutining «Moliya va kredit» fakulteti, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda -Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valuta bozoridagi operatsiyalar va Valuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qildi.

Moliya vazirining avvalgi birinchi o‘rinbosari Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid