Senator: chiqindi poligonlarini qurishga ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilingan
Hududlarda chiqindi poligonlarini qurishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda joriy yil 23 may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining majlisida ma'lum qilindi.
Majlisda so‘zga chiqqan Senat a'zosi Turg‘un Iskandarov «Chiqindilar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hududlarda ijro etilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini bayon etdi.
Xususan, 2014–2018 yillarda sohaga jami 541 milliard 600 million so‘m davlat budjet mablag‘lari sarflangan bo‘lib, shundan 129 milliard 300 million so‘m, ya'ni 24 foizi yangi poligonlarni qurish, mavjudlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash ishlariga ajratilgan.
Biroq, «Toza hudud» DUKning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Xorazm, Andijon, Toshkent va Samarqand viloyatlari filiallarida budjet hamda boshqa mablag‘larni maqsadsiz sarflash holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Misol uchun, Samarqand viloyati Jomboy, Bulung‘ur va Oqdaryo tumanlari hududida joylashga poligonlarga kirish yo‘llarini qurish uchun ajratilgan 135 million 600 ming so‘m miqdordagi mablag‘ talon-toroj qilingan.
Qolaversa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham chiqindi yig‘ish poligonlari qurilishida 8 holatda jami 466 million so‘m mablag‘ ushbu maqsadga yo‘naltirilmagan.
Mavzuga oid
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi
13:36 / 18.11.2022
Senator: Mutaxassis bo‘lmagan odamlar litsenziyani olib, daryodan qum-shag‘al qazib yotibdi
14:29 / 20.11.2020