Jahon | 23:42 / 24.05.2019
10801
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya musulmon davlatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi

2018 yilda Turkiya musulmon davlatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulov ma'lum qildi. 

“Oxirgi yillarda davlatimizga musulmon davlatlardan tashrif buyuruvchi sayyohlar soni keskin oshdi. 2018 yilda musulmon davlatlardan O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar soni oshganini kuzatmoqdamiz, jumladan Malayziyadan (66 foizga o‘sgan) va Indoneziyadan (+88 foiz)”, deb ma'lum qildi Oqqulov Samarqanddagi anjumanda.

Uning aytishicha, o‘tgan yil musulmon davlatlardan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni bo‘yicha Turkiya (41299), Pokiston (5568), Malayziya (2768), Eron (2658), Indoneziya (1589) va BAA (1580) yetakchilik qilgan. Bu davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga turizmning boshqa turlari bilan bir qatorda ziyorat turizmi yo‘nalishida tashrif buyurmoqdalar.

Samarqandda 24 mayda “Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida ziyorat turizmining renessansi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.

Mavzuga oid