Qator mahsulotlar eksporti uchun endi prezident yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida hisobot davri yakuni bo‘yicha tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga ularning arizalariga ko‘ra eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda eksport qiluvchi korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish imkoniyatini berish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi zimmasiga ham respublikadagi, ham xorijdagi xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish, milliy mahsulotni xorijiy davlatlar vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ko‘rgazma stendlarini tashkil qilish va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarida ishtirok etish, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini o‘tkazish, shu jumladan, an'anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial bozorlarda ilgari surish bo‘yicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berish vazifasi yuklangan.
Agentlik ikki oy muddatda eksport qiluvchi tashkilotlarga mazkur moliyaviy ko‘makni berish mexanizmini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, bunda tadbirkorlik sub'yektlarining xorijiy mamlakatlarda zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar olish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari hamda xalqaro tenderlar va tanlovlarda ishtirok etish bilan bog‘liq boshqa to‘lov xarajatlarining bir qismini to‘lashni nazarda tutadi.
Belgilanishicha, 2019 yil 1 iyundan boshlab tirik holdagi tovuq, quyon va baliq hamda ularni so‘yib ishlangan mahsulotlar eksporti uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi direktorlar Kengashining:
“O‘zbekinvest” EIMSKning ustav kapitalini kompaniyaning o‘z kapitali hisobiga 221,6 milliard so‘mgacha ko‘paytirish;
“O‘zbekinvest” EIMSK tuzilmasida eksportoldi va eksport sug‘urtasi masalalari bo‘yicha bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024
AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
20:50 / 17.12.2024