Tashqi ishlar vazirligi: Xitoydagi talabalar murojaati nazoratga olindi
OAVda Xitoy Xalq Respublikasiga o‘qish uchun jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolarining videomurojaati tarqaldi. Mazkur murojaatda ular o‘zlarini yuborgan agentlik tomonidan shartnomaning ayrim bandlari bajarilmayotgani borasida shikoyat qilishgan.
O‘zbekistonning Shanxay shahridagi bosh konsulxonasi murojaatchilar bilan aloqa o‘rnatdi va mazkur masalani nazoratga oldi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarining ularni xorijga jo‘natgan kompaniyaga nisbatan talablari qonuniyligini tekshirib ko‘rish uchun vakolatli organlarga so‘rovnoma yo‘lladi va hozirda mazkur idoralarning tegishli xulosasini kutmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
20:48 / 09.12.2024