Kann kinofestivali sovrindorlari ma'lum qilindi
72-sonli Kann kinofestivali bosh sovrini – “Oltin palma shoxi”ni janubiy koreyalik rejissyor Pon Jun-xoning “Tekinxo‘rlar” filmi oldi.
Filmda moliyaviy ahvolini o‘ziga to‘q oila hisobiga yaxshilab olishga qaror qilgan nochor oila haqida so‘zlanadi.
Bosh sovrin ilk bor Janubiy Koreyaga jo‘namoqda. 2018 yilda bosh sovrin yaponiyalik kinoijodkorlarning “Do‘kon o‘g‘rilari” filmiga berilgandi.
Sovrindorlarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:
“Oltin palma shoxi” — “Tekinxo‘rlar”, Pon Jun-xo;
Gran-pri — “Atlantika”, Mati Diop;
Hakamlar hay'ati mukofoti — Laj Lining “Rad etilganlar” va Juliano Dornel hamda Kleber Mendons Filoning “Echki sog‘uvchilar”;
Eng yaxshi rejissyor — aka-uka Jan-Per va Lyuk Dardennlar “Navqiron Ahmad” filmi uchun;
Eng yaxshi aktyor — Antonio Banderas, “Dard va shuhrat” (rej. Pedro Almadovar);
Eng yaxshi aktrisa — Emili Bichem, “Bolakay Jo” (rej. Jyessika Xausner);
Eng yaxshi ssenariy — Selin Skyamma, “Yosh ayolning olovdagi surati”;
Eng yaxshi debyut — Sizar Diaz, “Onalarimiz”;
Hakamlar hay'atining maxsus mukofoti — Elia Sulaymon, “Bu jannat bo‘lsa kerak”.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024
Telegram Janubiy Koreya rasmiylari talabini bajardi va uzr so‘radi
15:18 / 02.09.2024
Janubiy Koreya Telegram’ga nisbatan tergov boshladi
00:03 / 30.08.2024