Saakashvili 31 may kuni Ukrainaga qaytishi mumkin
Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa oblasti sobiq-gubernatori Mixail Saakashvili 31 may kuni Ukrainaga qaytishi mumkin, deb xabar berdi "Strana.ua" nashri o‘z manbasiga tayanib.
"Saakashvili ushbu hafta oxirigacha, ehtimol juma kuniyoq Ukrainaga qaytmoqchi", - deyiladi xabarda.
Manbaning bildirishicha, Saakashvili navbatdan tashqari parlament saylovlari oldidan o‘zining "Yangi kuchlar harakati" partiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi.
"Hozirda Zelenskiy Poroshenkoning Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi farmonini bekor qilish ehtimoli bor", - degan manba.
Poroshenko 2017 yil iyulida Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilgandi.
Ukrainada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng Saakashvili mamlakatga qaytishga qaror qilganini bildirdi.
Mavzuga oid
23:40 / 27.09.2024
Ukraina Qurolli Kuchlari frontga kelgan yangi askarlarning yarmidan ayrilmoqda
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
17:43 / 27.09.2024