Jamiyat | 17:28 / 27.05.2019
56468
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda o‘quvchi qizni urib yuborgan «Damas» haqida ma'lumot paydo bo‘ldi 

Samarqand shahrida ro‘y bergan va kuzatish kameralariga yozib qolingan avtohalokat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Unda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtamasdan chorrahani kesib o‘tib, piyodalar o‘tish yo‘lkasidan o‘tib borayotgan maktab o‘quvchilaridan birini urib yuborgan “Damas” avtomashinasi tasvirlangan.

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Kun.uz’ga ma'lumot taqdim etdi.

YXHB xabarnomasiga ko‘ra, YTH 21 may kuni soat 11:30 larda Samarqand shahrining Panjakent ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Q. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Damas” avtomashinasida harakatni svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida davom ettirib, 2011 yilda tug‘ilgan F.T.ni urib yuborgan. F.T. olingan tan jarohatlari tufayli Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Samarqand bo‘limiga yotqizilgan. 

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid