Jamiyat | 11:55 / 28.05.2019
6780
1 daqiqa o‘qiladi
Xo‘jaylida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal oqibatida bir kishi kasalxonaga yotqizildi
2019 yil 23 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida yashovchi, 41-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi D.A., T.Ibragimov ko‘chasida o‘zaro janjal tufayli shu ko‘chada yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi F.J.ning yuziga qo‘li bilan urgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda F.J. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan.
Natijada F.J. kasalxonaga yotqizilib, D.A. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
21:45 / 01.08.2024