Qozog‘istonda yuk mashinasida hamyurtini Rossiyaga olib chiqmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi
Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatidagi “Jaysan avto” chegara punktida chegarachilar “noqonuniy yuk”ni aniqlashgan. Bu haqda “Moy GOROD” portali muxbiri xabar berdi.
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, chegarachilar Qozog‘istondan Rossiyaga yo‘nalayotgan “DAF” yuk mashinasining tamg‘alangan tirkamasi trosi butligiga shubha qilishgan.
“Chegara naryadi boshlig‘i tomonidan sinchkov tekshiruv o‘tkazishga qaror qilingan. Uning natijasida konteynerda O‘zbekistonning 1962 yilda tug‘ilgan, Rossiyaga kirishi cheklangan fuqarosi aniqlangan”, deb xabar bergan qo‘mita matbuot xizmati.
Qozog‘istondan boshqa davlat hududiga noqonuniy kirish uchun xorijliklarga transport vositasini taqdim qilish yo‘li bilan noqonuniy migratsiyani tashkillashtirganlik uchun yuk mashinasining haydovchisi – O‘zbekistonning 49 yoshli fuqarosi ushlangan.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024