156 nafar o‘zbekistonlik Yaqin Sharqdagi qurolli hududdan O‘zbekistonga qaytarildi
Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30 may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.
Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta'minlash choralari ko‘riladi, deyiladi xabarda.
“Sputnik”ning ANHA agentligiga asosan xabar tarqatishicha, Suriya kurdlari IShID jangarilarining xotinlari va bolalarini O‘zbekiston hukumatiga topshirgan. Suriyaning Kamishli shahrida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida kurdlarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari jangarilar oilalari a'zolari O‘zbekiston hukumatiga topshirilgani haqida e'lon qilgan.
Mavzuga oid
21:08
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
19:47
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
12:10