O‘zbekiston | 17:06 / 01.06.2019
8988
1 daqiqa o‘qiladi

Boriy Alixonov: «O‘zbekistonda quyoshdan yiliga 182 mln tonna neft ekvivalentidan ko‘proq hajmda energiya olish mumkin»

Foto: KUN.UZ

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Boriy Alixonov ishtirokida intervyu va OAV vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Alixonov O‘zbekistondagi mavjud sharoitga baho berdi.

"O‘zbekistonda yiliga 320 kundan ko‘proq quyoshli kun bor, – dedi u. – Quyoshdan energiya olish imkoniyati hisoblansa, 320 kun bemalol foydalanishga sharoit bor. Mamlakatimizda quyoshdan yiliga 182 mln tonna neft ekvivalentidan ko‘proq hajmda energiya olishimiz mumkin. Bu hozir O‘zbekistonda iste'mol qilinayotgan energiya hajmidan qariyb uch baravar ko‘p".

Mavzuga oid