O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalarini qayta ko‘rib chiqishi kerakmi? Deputatlar o‘z fikrini bildirishdi
O‘tgan oylarda ijtimoiy mediada O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar yoki kompaniyalar bilan tabiiy gaz yetkazib berish muddati ancha shov-shuvlarga, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba'zi xabarlarda O‘zbekiston 2046 yilgacha tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga egaligi aytildi.
Xo‘sh, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Ekologik harakat deputatlar guruhi, mazkur shartnomalarni O‘zbekiston davlati va xalqi manfaatlaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish borasida sa'y-harakat, tashabbus ko‘rsata oladimi? Umuman, bu kabi, O‘zbekiston manfaatlariga zid bo‘lgan shartnomalar ko‘rib chiqish imkoni bormi?
Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlik guruhi rahbari Boriy Alixonov shu xususda Kun.uz muxbiri bergan savolga javob qaytardi.
«Men o‘ylaymanki, deputatlar nafaqat gaz taqsimlash, balki boshqa masalalarda ham ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Bahs-munozaralarda ishtirok etishmoqda. Biroq, men bir narsaning tarafdorimanki, biror muammoni olib chiqishdan avval, uning tubiga, mohiyatiga yetish kerak. Agar, mohiyatini o‘rganmasdan jamoatchilik e'tiboriga olib chiqilsa, shov-shuv yoxud ovozaga aylanib, kelgusida o‘z tasdig‘ini topmasa, bu kabi masalalar boshqacha tus olib ketishi mumkin.
Shuning uchun, buni (gaz shartnomalari masalasi – tahr.) mohiyatiga yetgandan, tahlillar va hisob-kitoblar asosida gapirsak yaxshi bo‘ladi. Balki kelgusida bizda qancha miqdordagi neft ekvivalentiga teng bo‘lgan qiymatda tabiiy salohiyatimiz bor, degan masalalarga e'tibor qaratishimiz mumkin. Albatta, siz ko‘targan masala kelgusida emas, umuman e'tibor qaratiladigan savoldir», - dedi Boriy Alixonov.
Bu masalada Qonunchilik palatasi deputati Islom Xushvaqtov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Statistika ma'lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, bir yilda 62 mlrd kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 17 mlrd kub metr tabiiy gaz yoqiladi. Mayli, shuncha miqdordagi gazni sotishdan tashqari, qayta ishlaydigan yirik korxonalarimiz bor, polietilen moddalari ishlab chiqargudek bo‘lsak, iqtisodiyotimiz sezilarli o‘sadi», - deya ta'kidladi Islom Xushvaqtov.
Mavzuga oid
16:16 / 17.12.2024
Toshkent viloyatida 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
16:08 / 28.11.2024
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
18:44 / 23.11.2024