Video: Jizzax shahridagi mahallani sel bosdi
Kun.uz tahririyatiga Jizzax shahrining «Bunyod» mahallasidan tezkor murojaat kelib tushdi. Ma'lum qilinishicha, mahalla hududi kuchli yomg‘irlardan keyin hosil bo‘lgan seldan jiddiy talofat ko‘rgan.
Avtomobil yo‘llari ham suvga to‘lib, harakat to‘xtab qolgan. Qator uylar va qurilishlar butunlay buzilib ketgan.
Qayd etilishicha, Jizzax shahridan chiqib, G‘allaorol tumani tomon ketish yo‘liga yaqin joylashgan «Bunyod» (sobiq «Bog‘ishamol») mahallasi bu muammoga birinchi marta duch kelmayapti. Aholining sel yo‘liga ham qurilish qilib yuborgani, mutasaddilarning ariqlar ko‘milib ketishiga ko‘z yumishi natijasida shu yilning o‘zi hududni ikki marta sel bosgan.
Ayni paytda aholi hududni tark etishdan bosh tortmoqda va aksariyati bolalari bilan tepalik va tomlarda o‘tirishibdi.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ish olib borishmoqda.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024