O‘zbekiston | 08:41 / 06.06.2019
4232
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning ekspluatant sertifikati amal qilish muddati uzaytirildi 

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi ekspluatant sertifikatining amal qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi ekspluatant sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizasiga asosan 2019 yil 23 mayidan 29 mayigacha sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazildi. 

Tekshiruv natijalari bo‘yicha «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martida 58-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi ekspluatanti sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» talablariga javob berishi aniqlangan. 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining ekspluatant sertifikati 3 yil muddatga, 2022 yil 29 maygacha uzaytirildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid