Fransiya Burbonlar qirollik sulolasi a'zosi Namanganda bo‘ldi
Fransiya delegatsiyasi «Invest in Namangan» xalqaro forumida ishtirok etdi, deb xabar berdi «Dunyo» AA.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu tadbirda Fransiya Burbonlar qirollik sulolasi a'zosi Amori de Burbon Parma ham ishtirok etgan.
“U tashrifi davomida Namanganning investitsion, eksport va turistik salohiyati bilan tanishdi», - deyiladi xabarda.
Amori de Burbon Parma ishlab chiqarish va sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, viloyat rahbariyati va tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Fransiya delegatsiyasi tarkibida energetika, qurilish, chiqindini qayta ishlash, qayta tiklanuvchi energiya, kommunal, transport hamda innovatsion texnologiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi «Schneider Yelectrics», «Suez», «Veolia», «WeKanCode» kabi kompaniyalar vakillari ham bor.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024