Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilandi
O‘zbekistonda Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda ustama belgilandi:
• maktabda ishlagan davri 6 oydan 3 yilgacha – 10 foiz;
• 3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
• 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
• 10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz;
• 15 yildan ortiq – 50 foiz.
Quyidagi jadvallarda ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxati keltirilgan:
Adliya vazirligi izohida aytilishicha, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
16:30 / 01.10.2024
Prezidentning pedagoglar bilan muloqoti - ustozlar yana qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
11:50 / 01.10.2024
Menejyerlik sertifikatiga ega bog‘cha mudiralariga ustama to‘lanadi
08:31 / 20.07.2024
O‘zDJTU qoshida pedagoglar malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etiladi
07:59 / 26.06.2024