Jahon | 17:24 / 10.06.2019
8283
2 daqiqa o‘qiladi

Komi respublikasining sobiq rahbari 11 yilga qamaldi

Foto: Artem Geodakyan/TASS

Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi Komi respublikasining sobiq rahbari Vyacheslav Gayzerni 11 yilga qat'iy rejimdagi koloniyada jazo o‘tashga hukm chiqardi, deb xabar berdi RBK. Shuningdek, u 160 mln rubl jarima ham to‘laydigan bo‘ldi.

Gayzer 2015 yil sentyabrda davlat mulkiga egalik qilishga uringan jinoiy guruh tashkil etishda ayblanib qo‘lga olingandi. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni iste'foga chiqargandi.

2017 yil noyabrda bosh prokuratura Gayzer, uning o‘rinbosari Aleksey Chernov, Komi davlat kengashi raisi Igor Kovzel, respublika senatori Vladimir Torlopov va boshqa shaxslarga nisbatan ayblov xulosasini tasdiqladi. «Gayzer ishi» bo‘yicha jami 19 kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov xulosasiga ko‘ra, jinoiy guruh 2006 yildan buyon budjetga 4,5 mlrd rubl zarar yetkazgan. «Renova» kompaniyasining sobiq bosh direktori Aleksandr Zarubin mazkur jinoiy guruh boshlig‘i va tashkilotchisi deb hisoblanmoqda.

Mavzuga oid