O‘zbekiston | 15:25 / 13.06.2019
24949
2 daqiqa o‘qiladi

Sarvar Otamurodov va Hotamjon Ketmonov Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati Telegram-kanalida. 

Xabar qilinishicha, deputatlar tomonidan qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Sarvar Otamurodov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari hamda Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi lavozimidan ozod etildi.

Sarvar Otamurodov

Shuningdek, Hotamjon Ketmonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a'zosi lavozimidan ozod etildi.

Hotamjon Ketmonov
Foto: O‘zXDP

Alisher Qodirov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi.

Alisher Qodirov
Foto: Xalqaro press-klub

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni Sarvar Otamurodov O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi raisligidan hamda 1 iyun kuni Hotamjon Ketmonov Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisligidan ketgandi.

Mavzuga oid