PFL bosh direktori Omon G‘ofurov iste'foga chiqdi
O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimidan bo‘shash haqida ariza yozdi.
G‘ofurov 2017 yilning 10 oktyabridan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
«O‘tgan vaqt davomida mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lida qo‘limizdan kelgancha ishladik. Mana shu davrda yelkama-yelka mehnat qilgan jamoamizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiraman.
Mashaqqatli yo‘lda O‘FAning yangi rahbariyatiga kuch-quvvat, omad va zafarlar tilayman.
Ish bor joyda albatta xato va kamchiliklar ham bo‘ladi. Buning uchun mamlakat futboli jamoatchiligidan, futbol muxlislaridan uzr so‘rayman. O‘zbekiston futboli va uning muxlislari katta g‘alabalarga munosib. Hammasi uchun rahmat», — degan Omon G‘ofurovning so‘zlarini keltirdi PFL rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘FA vitse-prezidentlari Umid Ahmadjonov va Po‘lat Bobojonov ham lavozimini tark etgan, ularning o‘rniga vaqtincha FIFA referisi Ravshan Ermatov hamda Ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev saylangan edi.
Shuningdek, O‘FA Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev ham mansabini topshirdi va uning o‘rnida Avaz Maxsumov ish boshladi.
Mavzuga oid
15:55 / 04.04.2024
Toshkentda talabalar o‘rtasida Coca-Cola homiyligidagi turnir o‘tkaziladi
19:04 / 16.03.2024
UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi
17:33 / 16.03.2023
BMB Trade group PFL rasmiy homiysiga aylandi
22:34 / 26.11.2022