Fitch Ratings reyting agentligi Toshkentga “Barqaror” prognozi bilan “BB-” reytingini berdi
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Toshkentga suveren reyting darajasida “Barqaror” prognozi bilan uzoq muddatli “BB-“ reytingini berdi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
19 iyunda hokimlikda shahar rahbariyatining Fitch Ratings’ning Rossiya/MDH va Qora dengiz mintaqasi bo‘yicha hududiy rahbari Dmitriyev Surkov bilan Toshkentga reyting berilishiga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bunday baho Toshkent umuman olganda barqaror va ijobiy, istiqbolli moliyaviy vaziyatga ega shahar ekanligini anglatadi.
Toshkentga bunday reyting birinchi marta berilmoqda va uning mavjudligi poytaxtga quyida imkoniyatlarni beradi:
- shahar haqida ma'lumotlar tarqatish, maqbulroq imij va nom yaratish;
- yirik korporatsiyalar, moliyaviy tuzilmalar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan shaharga qiziqish paydo bo‘lishi hisobiga potensial investorlar doirasini kengaytirish;
- kreditorlar bilan kredit liniyalari taqdim qilish shartlarini o‘zgartirish maqsadida muzokaralar olib borishni yengillashtirish;
- uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish moliyaviy shartlarini yengillashtirish;
- shahar nomzodining biror tanlov, misol uchun, katta ko‘lamli iqtisodiy, madaniy yoki sport tadbirini tashkillashtirish huquqini olish uchun imkoniyatlarini oshirish.
Fitch Ratings AQSh korporatsiyasi bo‘lib, birinchi navbatda Standard & Poor’s va Moody’s reyting agentliklari bilan bir qatorda uchta eng nufuzli xalqaro reyting agentligidan biri sifatida ma'lum. Fitch Ratings kabi agentlikdan ijobiy reyting olish investorlar uchun u yoki biznes, shahar yoki davlatning moliyaviy ishonchliligi kafolati hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024