O‘zbekiston | 18:00 / 29.06.2019
88092
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta viloyatda IIB boshlig‘i o‘zgardi - vazirning ikki sobiq o‘rinbosari viloyatda ishlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy apparati va hududiy tizimlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari, general-mayor Davron Abitovich Nazarmuhamedov Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda Shavkat Navro‘zovich Rahmonov o‘rnini egalladi.

Davron Nazarmuhamedov

2017 yildan buyon Xorazm viloyati IIB rahbari bo‘lib kelgan polkovnik Shavkat Rahmonov esa Samarqand viloyatiga «bosh militsioner» bo‘lgan. Shu vaqtgacha Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan polkovnik Aziz Toshpo‘latov Xorazmga «bosh militsioner» bo‘lib o‘tgan Davron Nazarmuhamedov o‘rniga Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Shavkat Rahmonov

Ichki ishlar vazirining yana bir sobiq o‘rinbosari, polkovnik Shavkat Tohirovich Mavlonov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda 2018 yil dekabridan buyon ishlab kelgan polkovnik Ilhom Madiyarovich Qutlimuratov o‘rnini egalladi.

Shavkat Mavlonov

Ayni vaqtda Ilhom Qutlimuratov qaysi lavozimga o‘tgani ma'lum emas. Shuningdek, Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari, Tergov departamentining sobiq boshlig‘i Akramxon Boboxonovning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

Boboxonovning o‘rnini shu vaqtga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev egallagan

Mavzuga oid