Ichki ishlar vazirligi tizimida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy apparati va hududiy tizimlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
YouTube
Tas-IX
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Davron Abitovich Nazarmuhamedov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Shavkat Tohirovich Mavlonov va Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti boshlig‘i, vazir o‘rinbosari Akromxon Boboxonov iste'foga chiqarildi.
Ularning ikki nafari viloyat ichki ishlar boshqarmalariga rahbarlikka jo‘natildi. Davron Nazarmuhamedov Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Shavkat Mavlonov esa Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasiga boshliq bo‘lgan. Akramxon Boboxonovning keyingi faoliyati haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
O‘z navbatida Ichki ishlar vaziriga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlangan. Sobiq birinchi o‘rinbosar Davron Nazarmuhamedov o‘rniga shu vaqtga qadar Samarqand ichki ishlar boshqarmasini boshqarib kelgan polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Shavkat Mavlonov o‘rniga shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov Ichki ishlar vazirining Turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
IIV Tergov departamentining sobiq boshlig‘i, vazirning sobiq o‘rinbosari Akramxon Boboxonov o‘rnini esa Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev egallagan.
Shuningdek, Xorazm viloyati IIBning sobiq boshlig‘i polkovnik Shavkat Rahmonov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgan Aziz Toshpo‘latov o‘rniga Samarqand viloyati IIBning yangi boshlig‘i bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
12:01 / 23.07.2024