O‘zbekiston | 07:38 / 03.07.2019
86969
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan oliy ta'lim muassasalari ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

Respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar soni 114 ming nafardan oshdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar berdi.

Bugungi kunda quyidagi Oliy ta'lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari va hududlar abituriyentlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda.

Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan (tanlov) oliy ta'lim muassasalari uchtaligi:

1) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bir o‘ringa 2.96 nafar abituriyent;
2) Andijon tibbiyot instituti bir o‘ringa 2.81 nafar abituriyent;
3) Guliston davlat universiteti bir o‘ringa 2.23 nafar abituriyent.

Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan ta'lim yo‘nalishi uchtaligi:

1) Maktabgacha ta'lim 6490 nafar abituriyent;
2) Boshlang‘ich ta'lim va sport 6240 nafar abituriyent;
3) Jismoniy madaniyat 5901 nafar abituriyent.

Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan hududlar uchtaligi:

1) Qashqadaryo viloyatidan 11 321 nafar abituriyent;
2) Andijon viloyatidan 11 098 nafar abituriyent;
3) Samarqand viloyatidan 10 596 nafar abituriyent.

Joriy o‘quv yilida test sinovlarini o‘tkazish uchun Toshkent shahri va mamlakat hududlari markazlarida 69 ta yuqori sig‘imli binolar tanlab olindi.

Tanlab olingan 69 ta binolarda bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati organlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan test sinovlarini shaffof va xolis, keng jamoatchilik va ota-onalarga onlayn kuzatish imkonini beradigan sharoitlarni yaratgan holda o‘tkazilishi uchun tashkiliy ishlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, OTMga test sinovlarida nazorat uchun 1150tadan ortiq kamera va 120 dona mobil aloqalarni to‘suvchi qurilma o‘rnatilishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid