Jamiyat | 12:48 / 03.07.2019
23912
1 daqiqa o‘qiladi
Buxoroda Milliy gvardiya zobiti 8 yoshli cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi
Buxoroda Milliy gvardiya zobiti 8 yoshli bolaning hayotini qutqarib qoldi. 2011 yil Andijonda tug‘ilgan R.M. Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Bahovuddin Naqshband yodgorlik majmuasi hududida joylashgan «Bibi Orifa» masjidi hovlisida o‘ynab yurib, u yerdagi hovuzga tushib ketadi.
Bolaning jon holatda suvdan chiqishga intilishiga qaramay cho‘kib borayotganini ko‘rgan Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 5-alohida otryadi 1-guruh safdor xodimi Dadaxon Xo‘jayev o‘zini suvga tashlab, 8 yoshli bolani qutqarib qoldi. Bu holat nazorat kamerasida ko‘ringan.
Mavzuga oid
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
20:34 / 31.08.2024
“Avvalo o‘zbek tilida yozilsin” - Buxoroda reklama bannerlari va lavhalar nega olib tashlanyapti?
07:32 / 20.07.2024