Jahon | 22:51 / 05.07.2019
22331
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp nutqi vaqtida chalkashliklarga yo‘l qo‘ydi

Foto: DPA

Avvalroq madhiya so‘zlarini unutib qo‘ygan AQSh prezidenti Donald Tramp Mustaqillik kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqi vaqtida chalkashliklarga yo‘l qo‘ydi. Gap shundaki, u mustaqillik uchun urush vaqtida AQSh armiyasi inglizlar aeroportlarini egallab olganini aytgan. 

Biroq AQShda mustaqillik uchun urush 1700-yillar oxirida yuz bergan, vaholanki AQShda ilk aviatashuvlar 1900-yillar boshidangina amalga oshirila boshlangan.

Bu Tramp nutqidagi yagona chalkashlik bo‘lmagan. Tvitterda CNN muxbiri Deniyel Deyl ma'lum qilganidek,  Fort Mak-Genri uchun jang Tramp aytganidek inqilob urushi vaqtida emas, 1812 yildagi urush vaqtida yuz bergan. 

 

Mavzuga oid