Video: Samarqandda niqobli shaxs tramvaydagilarning yuziga suyuqlik sepib qochdi
Internetda Samarqand shahrida sodir bo‘lgan noodatiy voqea tasvirlangan video e'lon qilindi. Unda yuziga himoya niqobi taqib olgan shaxs tramvayga chiqqani va bir necha soniyadan so‘ng qaytib chiqqani, uning ortidan tramvaydagi odamlar ham tashqariga otilgani ko‘ringan.
Repost.uz'ning yozishicha, noma'lum shaxs yo‘lovchilarning yuziga noma'lum suyuqlik sepgan va buning natijasida bir necha yo‘lovchi hushidan ketgan. Ushbu hodisa Temiryo‘l vokzali-Sartepa yo‘nalishidagi 1-tramvay Choy qadoqlash fabrikasi bekatida to‘xtab turgan vaqtida sodir bo‘lgan.
Kun.uz bu borada ma'lumot olish maqsadida Samarqanddagi tegishli idoralar bilan bog‘landi, lekin hozircha rasmiy ma'lumot olishning imkoni bo‘lmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea keng muhokama qilinmoqda.
Feysbukda yozilishicha, bu voqea kecha, 4 iyul kuni soat 19:40lar atrofida sodir bo‘lgan.
«Bizga elektroshokerlar, gaz ballonlari va shu kabi qo‘rqinchli narsalarni sotishning keragi yo‘q», deya yozgan tramvayda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri.
Mavzuga oid
19:35 / 09.09.2024
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi
12:56 / 05.09.2024
Samarqand shahrining bir qator ko‘chalari hamda M-37 va M-39 trassalari 7-8 sentabr kuni vaqti-vaqti bilan yopiladi
11:00 / 05.09.2024
Samarqandda Nexia-2 mashinasi yonib ketdi
11:32 / 11.08.2024