The Economist O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar haqida maqola chop etdi
Britaniyaning The Economist nashri O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar haqida maqola chop etdi. Unda xorijiy investorlarning oqimi o‘sib borayotgani, mamlakatdagi izchil o‘zgarishlar hamda mamlakatning rivojlanish yo‘li haqida so‘z boradi.
Xususan, nufuzli jurnalda ta'kidlanishicha, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda kapital va valuta ustidan nazoratning aksariyat qismi bekor qilingan, majburiy mehnat keskin cheklangan va chegaralar ochilgan.
O‘tgan yil mobaynida ro‘yxatga olingan tadbirkorlar soni ikki barobarga o‘sdi, xorijiy investitsiyalar oqimi esa umuman olganda, to‘rt barobarga oshdi.
The Economist O‘zbekiston Moliya vazirligi rahbariyatiga tayanib yozishicha, hali ko‘plab ishlar amalga oshirilishi kerak. Masalan, yangi ish joylari yaratish lozim, chunki aholining yarmidan ortiqrog‘i 30 yoshdan kichik.
Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekiston paxta xomashyosi eksportini keskin cheklab, bugungi kunda o‘z to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga e'tibor qaratgan. So‘nggi o‘n yilda to‘qimachilik eksporti 100 milliondan 1,9 milliard dollargacha o‘sdi. Mamlakat rahbariyati 2025 yilga borib 7 milliard dollarlik ko‘rsatkichga erishmoqchi.
Britaniya jurnali O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining faoliyatiga alohida to‘xtalib, har bir elchixona mamlakat viloyatlarining investitsion salohiyatini ilgari surayotganini ta'kidlagan.
Umuman olganda, nashrda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyotidagi ijobiy o‘zgarishlar e'tirof etilgan, shu bilan birga, islohotlarni davom ettirish va davlatning har bir fuqarosining farovonligiga erishishga alohida e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024